Sobiq harf teruvchi va qo'rg'oshin siri
#EL_ODAMLARI Sobiq harf teruvchi va qo'rg'oshin siri Dasturxon atrofida o'tirganimizda tog'am ota-onamga men haqimda, aniqrog'i, kelajakda rassom bo'lishim mumkinligi borasida gap ochdi. «Ra...
#EL_ODAMLARI
Sobiq harf teruvchi va qo'rg'oshin siri
Dasturxon atrofida o'tirganimizda tog'am ota-onamga men haqimda, aniqrog'i, kelajakda rassom bo'lishim mumkinligi borasida gap ochdi. «Rassom» so'zini tushunmasam-da, endi har hafta tog'am menga qog'oz olib kelishini, faqat qog'ozga rasm chizishimni eshitib, rassom bo'lish yomonmasligini bilib oldim. U tag'in tahririyatda qog'oz ko'pligi-yu xohlagancha sarflash mumkinligini aytdi. Bu «tahririyat» deganlarini shu qadar yaxshi ko'rib ketdimki, o'sha joyda otam ham ishlaganda edi deb biroz g'ashlandim.
Tog'am biz bilan xayrlashib, shimining o'ng balog'ini qistirg'ich bilan tishlatayotganda, velosiped egaridan oyoq oshirganda, pedalni vazmin-vazmin bosganda ukam ikkimiz u kichrayib-kichrayib, muyulishda g'oyib bo'lguncha ortidan tikilib turdik. ✅ Davomi...
Kanalga ulaning: https://t.me/Manaviy_hayot_jurnali