+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Bosh sahifa / Jurnal haqida

Jurnal haqida

Jurnal tarixi

“Ma’naviy hayot” jurnali — O‘zbekistonda ma’naviyat, milliy g‘oya, ma’rifat va jamiyat hayotiga oid dolzarb masalalarni yorituvchi ilmiy-ma’rifiy jurnal hisoblanadi.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-maydagi 141-sonli “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi xalqimizning boy tarixi va madaniy merosini, milliy g‘oya va qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’naviy asoslarini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Jurnal sahifalarida milliy g‘oya va mafkura, ma’naviy-ma'rifiy tarbiya, milliy urf-odat va qadriyatlar, jamiyatning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, shuningdek, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda qabul qilinayotgan qonun va dasturlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ilmiy, tahliliy va publitsistik maqolalar muntazam chop etib boriladi.

“Ma’naviy hayot” har chorakda bir marta nashr etiladi hamda ilm-fan vakillari, tadqiqotchilar, pedagoglar, talaba-yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun muhim ilmiy-ma’rifiy manba hisoblanadi.

Maqsad va vazifalar

Jurnalning asosiy maqsadi jamiyatda ma'naviy qadriyatlarni targ'ib qilish, yoshlarni barkamol etib tarbiyalashga hissa qo'shishdir.

Tahririyat haqida

Tahririyat malakali mutaxassislar va yozuvchilardan iborat. Jamoamiz sifatli va dolzarb materiallar tayyorlashga intiladi.