+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Manaviyat

Oyim momoning sigiri kimniki edi?

12 soat avval 13 daqiqa o'qish 5 ko'rish
Oyim momoning sigiri kimniki edi?

Chillam chiqmagan kelinchakman. Bobongdi inisi Choriqul uka armiyadan bugun-erta kelishi kerak. Hamma xursand. Ayniqsa, rahmatli qaynonam o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi. Qo‘liga nima tushsa, askar ulimga deb pinjiga yashiradi. Chori uka xatlarida “ena, sorimoyingizni sog‘indim” deb yozgan ekan. Shu sabab bir kuni azonlab qaynonam bilan qozonning ostiga o‘t yoqib, qaymoq kuydirdik. Chor tarafni durdaning o‘tkir hidi tutdi. Sorimoyni shisha idishga quyib bo‘lgandik ham, birov borib aytganmi yo o‘zi hid olganmi, rais otini minib kelib qoldi.

Hisor tog‘i etagidagi kaftdekkina qishloq. Kunbotar chog‘i. Toshloq ko‘cha boshidagi hovli. Darvoza oldidagi o‘rindiqda oq-ko‘kish zulfini ro‘moli chetidan chakkasiga tushib, qulog‘iga taqqan rayhoni o‘ziga yarashib o‘tirgan momoni to‘rt-besh nafar maktab yoshidagi o‘g‘il-qiz o‘rab turardi. Bolalardan biri qo‘lida yong‘oq mag‘zi, yana biri turshak siqimlab olgan. Momoning etagi to‘la jiyda. Bu manzarani ko‘rib, yuragim orziqdi. O‘tgan asrning saksoninchi yillarining oxirlaridagi bir voqea esimga tushdi.

Birinchi sinfda o‘qirdim. Bahorning so‘nggi kunlari. O‘quv yili ham tugay deb qolgan. Peshinga yaqin sumkamni qo‘ltiqlab uyga kelsam, tandir boshida onam yig‘lab o‘tiribdi.

– Oyim momonikiga borib kel, – dedi u va meni ko‘rib o‘ngiri bilan ko‘z yoshini artdi. – Bir narsa beradi. Olib kelasan.

Uning yana xo‘rligi kelib yig‘lay boshladi. Nima bo‘lganiga tushunmay, maktab sumkamni ning oldida qoldirib, Oyim momonikiga yo‘l oldim.

Borsam, hovli darvozasi ochiq ekan. Ishqilib, iti bo‘shalib ketmagan bo‘lsin degan xavotirda o‘zimga ishonib-ishonmay ichkariladim. Odatda Oyim momo sadaqayrag‘och ostidagi supada o‘tirgan bo‘lardi. Bugun esa joyida yo‘q. Oshxona tomonda ham ko‘rinmadi. Qaerda ekan?!

– Bu yoqdaman, bolam.

Atrofga alangladim. Hech kim yo‘q.

– Tepada, tom ustidaman, – dedi Oyim momo, u yoq-bu yoqqa alang-jalang qilayotganimni ko‘rgan shekilli.

Tom tagiga qaradim. Chindan ham Oyim momo tugunchak ko‘tarib chordoqda turibdi.

– Enam yoburuvdi, – dedim.

– Bilaman, bolam, bilaman, – dedi Oyim momo. – Hozir tushaman. Faqat men tomonga qarama.

Oyim momo chordoqdan tushguncha boshimni ko‘tarmay, xivchin bilan yerga bir nimalar chizgan kishi bo‘lib turdim. Qishlog‘imizning odati shunday. Kimdir tom ustiga yo daraxtga chiqsa, o‘sha odamga pastdan qaramaslik kerak. Aks holda biror ko‘ngilsizlik bo‘lishi mumkin ekan.

– Manovini, ko‘chada tentiramay, to‘ppa-to me’yorida uylaringga olib bor, – dedi Oyim momo va tugunchagini qo‘limga tutqazdi.

“Xo‘p bo‘ladi”, – dedim-da, izimga qaytdim. Onam ko‘zi to‘rt bo‘lib yo‘limga qarab turgan ekan. Ostona hatlashim bilan qo‘limdagini olib, uyga kirib ketdi. Tugunchakda nima borligiga azbaroyi qiziqqanimdan ning ortidan ergashdim. Onam tugunchakni xontaxtada yoygach, ikki-uch hovuch jiyda, shuncha turshak, uzun-uzun kesilgan nonqoqiga ko‘zim tushdi...

– Mengayam jiyda bering, momo, – dedim o‘sha voqeani ko‘z o‘ngimdan bir-bir o‘tkazib bo‘lgach. Oyim momoning yonidagi bolalar qabatiga cho‘nqaydim.

Oyim momoning gapi og‘zida qoldi. O‘girilib menga qaradi. Ko‘zi yaxshi o‘tmadi shekilli, avvaliga tanimadi. Yuzimga tikilib qaradi. Kelsa kishini noqulay ahvolga solganimdan xijolat bo‘ldim. O‘zimni tanıtish uchun salom berdim.

– Vaalaykum assalom, – deb Oyim momo ikki qo‘liga tayanib o‘rnidan turdi. – O‘zimning yozuvchi bolammisan? O‘zingmisan, aylanay?

Oyim momo hol-ahvol so‘ray-so‘ray quchog‘ini yozdi. Safarxaltamni yerga qo‘yib, elkasidan quchdim. Rayhonning muattar hidi dimog‘imga urildi.

– Jiydalarim haliyam esingdami? – dedi Oyim momo o‘tirish uchun yonidan joy ko‘rsatib. – Unutmabsan-da.

– Sizni unutib bo‘ladimi? Qurut, jiyda, mayiz, yong‘oq berib, necha-necha bolalarni xushnud etdingiz. U zamonlar yosh bola edim, Oyim momo!

Bugun bo‘lib o‘tgan voqealarni xotirlasam, qishloqdoshimiz og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazgan ekan. Odamlarning ro‘zg‘or tebratishga, bir burda non topishga qo‘li kaltalik qilgan kunlarda ko‘pning kuniga yaragan bu momo...

Oyim momo ikki-uch yil ichida ancha qaribdi. Yuzini ajin qoplab, tomirlari bo‘rtib chiqqan qo‘li sezilar-sezilmas qaltraydigan bo‘lib qolibdi. Eh, yoshligida qanday ayol edi-ya. Bosgan qadamidan o‘t chaqnardi o‘ziyam.

– Bu odamga ham jiyda berganmisiz, momo? – deb so‘radi Oyim momodan haligi bolalardan biri menga imo qilib.

– Bo‘masam-chi, – dedi Oyim momo jilmayib. – Sening otangga ham ko‘-o‘-o‘p jiyda berganman.

– Rostdanmi? – dedi bolalarning boshqa biri ko‘zlarini katta-katta ochib. – Buncha ko‘p jiydalarni qaerdan olasiz o‘zi?

Oyim momo bolaning gapini eshitib eshitmaganga solding o‘zini. Olis-olislarga o‘ksinib tikildi. Uning ko‘zlarida qandaydir alamzadalik sezdim. Oyim momoni o‘tmishning sovuq xayollari quchib olgandi chamamda. Men indamayturaverdim.

– Choriqul uka armiyadan ana geldi-mana geldi degan kunlar edi, – deb gap boshladi Oyim momo hamon ko‘zini uzoqdagi tog‘ning baland qoyalaridan uzmay. – O‘shanda, jigit o‘lgir, Ochil rais yomon qaqshatgandi bizdi. U kunlarni eslamayin ham, kuymayin ham deymanu, baribir dilimdagilar tilimga ko‘chaveradi.

Oyim momo yana xayolga cho‘mib qoldi. Aftidan, o‘sha kunlarni eslagisi kelmayotgandi. Uning dardini yangilab qo‘yganim uchun ichimni tirnadim.

– O‘sha yillarni shamol uchirib ketgani chin bo‘lsin, bolam, – dedi ancha jimlikdan so‘ng momo. – Rahbarlarining nomi o‘chgani ham iloyo chin bo‘lsin. Hozirgi dorilomon kunlardagidek emin-erkin yashash qaerda edi? Bir burda nonni ham halovatda yutolmasding, bo‘g‘zingda qolardi.

Chillam chiqmagan kelinchakman. Bobongdi inisi Choriqul uka armiyadan bugun-erta kelishi kerak. Hamma xursand. Ayniqsa, rahmatli qaynonam o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi. Qo‘liga nima tushsa, askar ulimga deb pinjiga yashiradi. Chori uka xatlarida “ena, sorimoyingizni sog‘indim” deb yozgan ekan. Shu sabab bir kuni azonlab qaynonam bilan qozonning ostiga o‘t yoqib, qaymoq kuydirdik. Chor tarafni durdaning o‘tkir hidi tutdi. Sorimoyni shisha idishga quyib bo‘lgandik ham, birov borib aytganmi yo o‘zi hid olganmi, rais otini minib kelib qoldi.

– Nega sorimoyni davlatga topshirmay, jig‘ildoningga urasan? – dedi u na salom bor, na alik. – Bu işing uchun obborib tiqib qo‘yadi. Urug‘-aymog‘ingni ham quritib yuboradi!

– O‘zim boqgan sigir sutini nima qilishni o‘zim bilaman, – dedi qaynonam dadil gapirib.

– Nima deding?! Yana bir qaytar! O‘zimniki dedingmi? Tiling o‘sib qolibdimi? Davlat senga uy, ish, non berib turibdi-ku, ko‘rnamak. Sen esa davlatga xiyonat qilayangsan?

– Rais bova, yana nima qil deysiz? – dedi qaynonam orada paydo bo‘lgan keskinlikni yumshatishga urinib sipolik bilan. – Qo‘y-qo‘zini berdik. Erkagi bor uylarda ot qolmadi hisob. Beradigan boshqa hech vaqomiz qolmadi-ku...

– Gapni ko‘paytirma, – dedi rais qaynonamning gapini cho‘rt kesib. – Yaxshilikcha sorimoyni davlatga topshir.

– Berib bo‘pman, – dedi qaynonam sorimoy solingan idishni ko‘ksiga bosib. – Bu uydan yo mening o‘ligim chiqadi, yo sorimoy!

Qaynonamning gapi raisga botib ketdi. U otidan tushdi. Qamchisini etigining qo‘njidan olib qaynonam tomon yurdi.

– Qo‘lingdagini menga ber, – dedi rais qamchisini boshi uzra baland ko‘tarib. – Yaxshilikcha menga ber.

– Yo‘q, – dedi qaynonam ikki qadamcha orqaga chekinib. – Olib bo‘psan.

– Hali shundaymi? – deb rais qaynonamning qo‘lidagi sorimoy solingan idishga tarmashdi.

Qaynonam ovoz berib, qo‘ni-qo‘shnini yordamga chaqirdi. Birov birovning orasiga tushadigan zamonlar emas ekan-da, hech kim kelmadi. Oraga men suqildim. Ammo qo‘limdan hech ish kelmadi. Orada sorimoy solingan idishning yerga tushib, chil-chil singani qoldi, xolos.

Ertasi kuni rais uch-to‘rt nafar yugurdagi bilan kelib, bor-budimizni olib ketdi. Qop-qop jiyda, turshak, yong‘oqlarni eslasam, hozir ham ko‘zimga yosh keladi. Shu-shu, har doim cho‘ntagimga bir hovuch jiyda solib yuraman, bolam.

Ha, o‘z yeri va mulkiga ega bo‘lgan bugungi zamon kishisiga Oyim momonning gaplari safsatadek tuyulishi turgan gap. Ammo o‘sha davrda qabul qilingan hujjatlarga ko‘z yugurtirgan odam chindan ham xalqimiz boshiga qora kunlar tushganiga amin bo‘ladi. 1917-yil 20-oktyabrda bo‘lib o‘tgan ishchi-dehqon deputatlari soveti syezdida qabul qilingan “Yer to‘g‘risida”gi dekretda odamlarning yerlarini davlat ihtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risida bayon qilinadi. Bundan buyog‘iga odamlarning shaxsiy yeri bo‘lmasligi, yerni sotish, sotib olish, ijaraga berish, garovga qo‘yish va boshqa har qanday huquq va erkinliklardan dehqonlar mahrum ekani ochiq-oydin keltirib o‘tiladi.

“Yer to‘g‘risida”gi dekretning yana bir bandida odamlarning shaxsiy hovlilari, bog‘lari, ekin ekiladigan maxsus maydonlari, ko‘chatzorlari ham davlat ihtiyoriga o‘tkazilib, ulardan bitta oilaning yoki bir kishining foydalanishi taqiqlanadi.

Mazkur dekret har tomonlama puhta o‘ylanib qabul qilingan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa xalqning huquqini tortib olib, oyoq-qo‘lini zanjirlab tobe qilishdan iborat bo‘lgan. Shunday bo‘ldi ham. Yeri tortib olingan odamlar rahbarlarning og‘ziga qarab kun kechirishga majbur edi. “Katta”larning aytgani aytgan, degani degan. Hech qanday e’tirozga o‘rin qolmagan. Chunki yersiz, ishsiz, maoshsiz, nonsiz qolgan xalqni boshqarish oson. Buni sobiq ittifoqning o‘sha davrdagi rahbarlari juda yaxshi bilgan.

Yer egasini topmasa qiyin. Odamlarning yerlari tortib olingani bilan ittifoqning iqtisodi gullab-yashnab ketgani yo‘q. Aksincha, barcha sohalardagi ko‘rsatkichlar yildan-yilga orqaga ketaverdi. Oqibatda butun ittifoq bo‘ylab ocharchilik, yetishmovchilik avj oldi. Albatta, ittifoqning o‘sha davrdagi rahbarlari bu holatga jim qarab turmadi. Ular yana bir puhta-pishiq o‘ylangan ishga qo‘l urdi. Butunittifoq kommunistik partiyasining 1927-yilda o‘tkazilgan XV syezdida kollektivlashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Kollektivlashtirishning maqsadi kichik-kichik jamoalarni birishtirib, kolxoz va sovxozlar tuzishdan iborat edi. Bu paytda odamlarda aytarli yer qolmagandi. Endigi navbat odamlarning boshqa mol-mulki, jumladan, hovlisidagi meva-chevalar, poliz mahsulotlari, qoramol, yilqi, qo‘y-qo‘zilarini ham davlat ihtiyoriga o‘tkazish bo‘lgan. Odamlarning o‘zi esa qul bo‘lib, boqimandaga aylantirildi, hatto hovlisida o‘sib turgan bir tup olma uchun ham, katagidagi to‘rtta tovuq uchun ham soliq to‘lashga majbur qilindi. Xalqning ruhini ko‘tarish uchun otning kallasidek va’dalar berilib, zimmasiga sehrgar ibn Xattob ham eplay olmaydigan rejalar yuklangan. Jumladan, kollektivlashtirish davrining rejasiga ko‘ra 1928 – 1934-yillarda ittifoqning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish sur’ati 50 foizga o‘sishi kerak edi. Lekin bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 8 foizni tashkil etadi.

Oradan yillar o‘tib, hokimiyat tepasiga Xrushyov kelganida ham ahvol o‘sha-o‘sha edi. Yangi rahbar darhol vaziyatni o‘nglashga, qishloq xo‘jaligini isloh qilishga bel bog‘laydi. Go‘sht va sut ishlab chiqarish bo‘yicha AQSHga etib olish va uni ortda qoldirish masalasini o me’yorida o‘rtaga tashlaydi. Uch yilda davlat uchun go‘sht sotib olish rejasini uch barobar oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi. Qayd etish kerakki, oradan bir yarim yil o‘tib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, davlatga go‘sht sotish hajmi 8 foiz o‘sadi. Yuqori rahbariyat ahvolimiz tobora o‘nglanayapti deb ayyuhannos solishdan charchamaydi. Biroq haqiqatda vaziyat ancha boshqacha edi. Nega deysizmi?

Davlatning rejasini kam-ko‘stsiz bajarish va rahbariyat qoshida obro‘ orttirish uchun ko‘zi och mahalliy rahbarlar xalqning otxonasidagi otini, qo‘tondagi qo‘y-qo‘zisini, og‘ildagi mol-holini ham davlat ihtiyoriga o‘tkazib yuborayotgan edi. Oqibatda xalqning na yeri, na chorvasi, na yilqisi qoladi. Hamma-hammasi kolxozlarga, ulardan esa go‘sht kombinatlariga topshiriladi. Katta shaharlardagi do‘konlar oziq-ovqatga liq to‘ladi. Biroq dehqonning kosasi oqarmaydi, aksincha, yupqalashadi, tezda bu yupqa kosa yerga tushib, chil-chil sinadi...

Shu o‘rinda bir ma’lumotni aytib o‘tish lozim. O‘sha davrlarda odamlar o‘zi yetishtirgan mahsulotga sira yolchimagan. Sut va go‘sht mahsulotlari hech qachon yetarli bo‘lmagan. Davlat odamlardan mahsulotni arzon-garovga olib, xalqqa o‘n barobar qimmatiga pullagan. Masalan, kolxozlardan go‘shtning kilosi 25–30 tiyindan olinib, katta shaharlardagi magazinlarda 1,5–2 so‘mdan sotilgan.

Xalq nima qilgan?

Xalq o‘zi yetishtirgan mahsulotni qayta sotib olish uchun shaharlarga otlangan. Moskvadan atrof viloyatlarga qatnaydigan elektrichkalarni xalq oddiygina qilib “kolbasa poyezdi” deb atardi. Chunki unda go‘shtni davlatga sotgan o me’yorida o‘ris dehqoni uyiga kolbasa tashir edi-da. Bizning O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash voqealar bo‘lgan, albatta. Shaharga ketayotgan o‘g‘li yo qiziga otasi go‘sht, sariyog‘, kartoshka-piyoz olib kelishni tayinlardi. Hatto inson salomatligi uchun har kuni zarur bo‘ladigan sut-qatiqning ham qayta ishlanganini do‘konlardan sotib olishgan. Qatiq, kefirdan har doim ham qishloq do‘konlaridan topilavergan emas. Buning uchun ham odam atayin shaharga borishi, u yerdagi do‘konlarda uzundan uzoq navbatga turishi kerak bo‘lgan. O‘z navbatida davlat Oyim momo singari onalarni qaqshatib, uyidagi oxirgi tomchi sariyog‘igacha tortib olavergan.

O‘tmagan kun yo‘q. Xalqimiz boshidan o‘sha qora kunlar aridi. Oradan ko‘p suvlar oqib ketdi. Oyim momoning o‘sha paytlarda aytgan gaplarini bugun yoshim ulg‘ayganda, hayotning oqu qorasini ajratadigan bo‘lganimda anglayapman. Bo‘lib o‘tgan voqealarga real qarayapman. 1991-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritgan bo‘lsak ham qizil imperiya davrida uzoq yillar davomida hukm surgan kommunistik mafkura va faqat xomashyo yetkazib berishga asoslangan biryoqlama siyosat ta’siri odamlarimiz ruhiyatida sezilib turgan ekan. Faqat O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning sa’y-harakatlari tufayli bu kunlarni tezda yengib o‘tishga erishdik.

Xabaringiz bor, Islom Karimov 1989-yil 23-iyunda respublika rahbari sifatida ish boshlaydi. U kunlar mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayot og‘ir va ayanchli edi. O‘zbekiston barcha iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ittifoq respublikalari orasida oxirgi o‘rinda turardi. Xususan, kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha o‘n ikkinchi o‘rinda edi. Iqtisodiyotdagi byurokratiya, buyruqbozlik usullari, ishlab chiqarishga yaroqsiz yondashuvlar oqibatida O‘zbekiston shu ko‘yga tushgandi.

O‘zbekistondagi og‘ir vaziyatni o‘nglash, odamlarning hayotga qarashini, ertangi kunga ishonchini mustahkamlash uchun iqtisodiy, moddiy ahvolni yaxshilash zarur edi. Bu har kimning ham qo‘lidan kelavermasdi. Vaziyat qanchalik og‘ir va ayanchli bo‘lmasin, respublikadagi ahvolni chuqur anglagan holda muammolarga yechim topishni Islom Karimov zimmasiga oldi. Rahbar bo‘lgan kunning o‘zidayoq bu ishga kirishdi. Birinchi Prezidentimiz aholi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan juda katta bir masala – odamlarga tomorqa yer berish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. O‘sha davrda faqat shu yo‘l bilan aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘nglash mumkin edi.

1989-yilning 17-avgustida Toshkentda Islom Karimov rahbarligida respublika hukumatining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda aholiga tomorqa va shaxsiy yer uchastkalari ajratish masalasi muhokama etiladi. “Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida” qaror qabul qilinadi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi. O‘sha yili zudlik bilan bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Shu tariqa yer o‘z egasini topdi. Minglab yurtdoshlarimiz uy-joyli, ishli bo‘ldi.

Bugun bozorlarimiz to‘kin. O‘zimiz istagan sabzavot va meva-chevani xarid qilishimiz mumkin. Quvonarlisi, ichki bozordan ortgan mahsulotlarni shartnoma bo‘yicha xorijiy davlatlarga eksport qilyapmiz. Shu o‘rinda bir fakt: rasmiy manbalarda keltirilishicha, 2015-yilda O‘zbekistonda 42,28 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi.

Yaqinda internet saytlarida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi dehqon Abduvahob Mirzajonov bir tup olmada bir yoki ikki turdagi emas, naq 25 xil hosil yetishtirayotgani haqida o‘qidim. Olmalarning tusi, shakl-shamoyili bir-biriga sira o me’yorida o‘xshamas ekan. Dehqonimizning bu olamshumul yangiligi har bir yurtdoshimizning ko‘nglini tog‘dek ko‘taradi. Qolaversa, yer o‘z egasini topganiga bir misol bo‘la oladi. Shunday emasmi?

“Ma’naviy hayot” jurnali. 2016-yil 4-son.