+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Manaviyat

MUVOZANAT POSANGISI

14 soat avval 9 daqiqa o'qish 14 ko'rish
MUVOZANAT POSANGISI

Rivoyat qiladilarki, bir podshoh qölidan bir ish kelmaydigan ahmoq ög’lini hech bölmasa biror hunar örgatinsin deb ustaga shogirdlikka beribdi. Usta bolaga turli bilimllardan, jumladan, ilmi nujumdan ham saboq beribdi, bor kuchi bilan bu ilmni sirlarini örgatibdi. Nihoyat, shogirdlik yillari tugabdi. Podshoh imtihon qilish uchun hovuchiga uzugini bekitib, ög’lidan: «Bunda nima bor?» deb sörabdi. «Qölingizdagi dumaloq, sariq, ichi bösh bir narsa», degan javobni eshitgach, hayratga tushgan hukmdor: «Alomatlarini tög’ri aytding, endi nomini ayt», debdi. Ög’il: «G’alvir bölsa kerak», deb javob beribdi. Podshoh: «Meni hayron qoldirib, olgan tahsiling tufayli alomatlarni aniq aytdingu lekin g’alvirning hovuchga sig’masligiga aqling yetmadimi?!» – degan ekan afsuslanib.

Bir tanishim esini tanigandan buyon sözning ortidan chopadi. Oila qurib, farzand orttirishga ham hafsala qilmadi. Yaqinda körishsam, yoshi bir joyga borib, nihoyat bu millat yozganlariga arzish-arzimasligi haqida yazg’ira boshlabdi. «Baribir foydasi yöq» degan umidsizlik uni ruhan toliqtirib qöygan edi.

Jamoat transportida köp kuzataman. Guldek yigit-qizlar ötirib oladi: qulog’ida naushnik, közlari telefonda. Tepasida yuz yoshdan oshgan momo yoki bobo tik turib ölmaydimi, odamlar tiqilib, yetti qavat bölib ketmaydimi – qizig’i yöq. Göyo yuragini tambalab olgan – hayvonlardek baxtiyor! Ular özlarini parapsixolog deb ataydigan «mutaxassislar» urfga kiritgan «özini sevish san’ati»ni puxta özlashtirgan... Bu betemizlik bizda keyingi paytlarda paydo bölib qoldi.

Bunday «baxtsiz»lar ham, «baxtiyor»lar ham yurtimizda serob. Birlari umidsizligini ot qilib minib olgan, qayoqqa chopayotganini öziyam bilmaydi. Bilgani – u emas, dunyo aybdor. Ikkinchilarining esa oromi buzilmasa, ortiqcha zahmat chekmasa bas! Qolgan dunyoga öt ketmaydimi...

G’ALVIR HOVUCHGA SIG’ADIMI?

Rivoyat qiladilarki, bir podshoh qölidan bir ish kelmaydigan ahmoq ög’lini hech bölmasa biror hunar örgatinsin deb ustaga shogirdlikka beribdi. Usta bolaga turli bilimllardan, jumladan, ilmi nujumdan ham saboq beribdi, bor kuchi bilan bu ilmni sirlarini örgatibdi. Nihoyat, shogirdlik yillari tugabdi. Podshoh imtihon qilish uchun hovuchiga uzugini bekitib, ög’lidan: «Bunda nima bor?» deb sörabdi. «Qölingizdagi dumaloq, sariq, ichi bösh bir narsa», degan javobni eshitgach, hayratga tushgan hukmdor: «Alomatlarini tög’ri aytding, endi nomini ayt», debdi. Ög’il: «G’alvir bölsa kerak», deb javob beribdi. Podshoh: «Meni hayron qoldirib, olgan tahsiling tufayli alomatlarni aniq aytdingu lekin g’alvirning hovuchga sig’masligiga aqling yetmadimi?!» – degan ekan afsuslanib.

ABADIYAT QONUNI

Hazrat Alisher Navoiyning «Nasoimul-muhabbat» tazkirasida 770 ta g’ozal va ibratli hikoyat bor. Ular ötgan avliyolarning shunchaki tarjimai holi emas. Qisqa matnda mahorat bilan har bir siymoning hayoti, ilmiy-adabiy merosi, jamiyatda tutgan örni, e’tiqodiga qadar ta’riflab ötilgan. Ularning har biridan köplab örnaklar olish mumkin.

Biz-chi?!

Navoiy, Bobur kabi ulug’larimiz haqida tölqinlanib gapiramiz. Tilga tushgan ruboiy va g’azallarini yod aytamiz. Tavallud kunlari haykali poyiga gulchambar qöyamiz. Katta sayildek ötkazamiz. Talaba va öquvchilar sahna körinishlari namoyish qiladi. Shu bilan ajdodlarga munosiblik hissini tuyamiz. Biroq oddiy savollar javobsiz qoladi: ularning orasida ulug’ allomalarni köproq mutolaa qilishga tirishib, nimadir özlashtirib olishga intilayotgani qancha? Ulug’ ajdodlar qoldirgan adabiy, ilmiy, ma’naviy meros qalbiga örnashib, yaxshi ma’noda bezovta qilyaptimi? Agar shunday bölsa, nega mevasini jamiyatda sezmaymiz?

Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi, jasorati haqida, uning yovga qul bölib yashagandan köra ölimni afzal körgani haqidagi rivoyatdan boshqa yana qanday hikoyatlarni bilamiz? Vatan qahramonini harakatga keltirgan qudrat nima edi? Yuragimizda Manguberdining qalb parchalari saqlanib qolganmi?

Bir umr vatanini qomsab yashagan Boburning muhabbatini, zakosini qaysi mezon bilan ölchash mumkin? «Boburnoma» haqida köpchilikda umumiy tushuncha bor, holbuki «Xatti Baburiy» kabi asarlarining sirriga insoniyat haligacha yetib kela olgani yöq!..

Bir döstim farmatsevtika institutini tugatgan. «Ahmad Farg’oniydan, Koshg’ariydan nima naf? Hayotda qöllash mumkin bölgan fanlarni örganish kerak. Umrimda birorta badiiy asar öqimaganman», – deydi u.

Men bilan bir sinfda ötirib, bir havodan nafas olgan, ayni muallimlarning sabog’ini tinglagan yigitning xulosasi bu. Moddiy manfaat va qarashlardan sal balandlab fikrlay olmaymizmi!?

Navoiy boboni esladik. Asarlarini qöya turaylik, hech bölmasa Oybekning «Navoiy», Isajon Sultonning «Alisher Navoiy» romanlarini öqib, tabarruk shoirning shaxsiyati, hayoti va faoliyati bilan tanishish ilinjidagi yoshlar qancha deb öylaysiz? Nahotki közimizga körinib turgan narsalargagina ishonsak!

Dale Carnegie kabi psixologlarning körsatmalarini diqqat bilan tinglab, hayotiga tatbiq qiladigan yoshlarning aksariyatini ma’naviy meros qiziqtirmaydi. Vaholanki, oddiygina maqol yoki g’azal, ruboiydagi mazmun ularning falon pul tölab örganayotgan psixologik bilimlaridan ustun. Hatto birgina satrdagi ma’no ikki olam saodatiga kifoya qilishi mumkin.

Bu yölda barchamiz bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Nodar Dumbadze «Abadiyat qonuni» asarida shunday yozadi: «Insonning yuragi uning tanasidan yuz baravar og’irroq... Shu darajada og’irki, uni bir kishi kötara olmaydi... Binobarin, biz, odamlar, toki tirik ekanmiz, bir-birimizga yordam berishimiz, bir-birimizning yuragimizga madad bölishga harakat qilishimiz kerak: siz – menga, men – unga, u esa – boshqa birovga, shu tariqa uzluksiz davom etishi lozim... Toki ölim hayotda bizni yolg’izlik balosiga giriftor qilib qöymasin...».

MEN ÖLANNI YOZMAYMAN ERMAK UCHUN

Eslab körinterface-a, qaysidir asarni öqib, hech özingizni tuzatdingizmi?.. Xotirlay olmasangiz, nega kitoblar dunyoni obod qilmayotganini iddao qilasiz?!

Nolishga könikkan odam umr böyi anduh bilan yashaydi. Hatto bökkunicha egan-ichganining hazm bölmayotganini ulkan baxtsizlik hisoblaydi. Ammo özini zarracha aybdor his qilmaydi.

Alisher Navoiydek zot bunday kimsalardan zada bölib, shunday degan edi:

Xalqdin har yaramas kelsa xush ulkim, Haqg’a Desa bölmas: mening uchun yana bir xalq yarot.

Navoiy bobo umrini ulug’ bitiklar yaratishga tikkan. Öz davrida ham, ötgan asrlar davomida ham, hozir ham ulardan samarali foydalana olmayapmiz. Oladigan nafimiz ham shunga yarasha.

Yozganlarimiz ta’siridan köngil tölmas ekan, e’tiborni özimizni özgartirishga qaratish lozim. Har bir nafas va nazar nazoratda bölsin, muhimni nomuhimdan ajrata olaylik.

Kimlarningdir istiholasi uchun umr va mablag’ni havoga sovurish oxirgi paytlar köpayib ketdi. «Sendan men kammi?» qabilida isrof qilishda poyga öynashadi. Bunga munosib maqol bor: «Bosh yorilsa – qalpoq ostida». Bu qalpoqning ostida qancha boshlar yorilib, qancha norasidalar tirik etim qoldi.

Biri nogiron eriga qarab, chala yotgan imoratni bitirish uchun kuymalansa, boshqasi qöshninikidan past bölib qolgan uyini balandlatish qayg’usida jon halak. Ulug’ yozuvchimiz Abdulla Qodiriy «köchamizda hech kimda yöq, boshqa bolalar öksimasin» deya puli yetsa ham ög’liga velosiped olib bermagan ekan. Bunday qadriyatlarni unutgandekmiz.

Xösh, jaholat botqog’iga botayotgan insoniyatni kim yoki nima qutqaradi?

Olomonning najot topishga xohishi bormi? Borgan sari aqlga sig’maydigan bema’niliklar, jinoyatlar yuz bermoqda. Qishloqlarda ming odamni chaqirib töy qilishyapti. Höp, qurbi yetganni tushunaylik, lekin bu ish qancha oilalarda taqliddan tug’ilgan nizolarga sabab bölayotganini öylashmaydi.

Moddiy tomondan bir misol keltirdik, ma’naviyatimiz qay ahvolda? Ötgan yili «Dahshatli qotillik... Uch yil avval qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ösha farzandini pichoqlab öldirdi» degan xabar köpchilikni larzaga keltirdi. Munosabat bildirildi. Ijtimoiy tarmoqlar la’nat va mulohazalarga tölib ketdi. Odamlar bor-yög’i yangi bir muhokama mavzusi paidyo bölgunicha ayuhannos soldi.

Zimdan nazar solsangiz, teskari aksioma ishlayapti. Xabarni öqigan, farzandlarining kelajagi, salomatligi uchun qayg’urayotgan ota-onaning shashti tushadigandek, harakatini sustlashtiradigandek. Bu holat ög’rilik yoki qotillik haqida maqola yozib, kimlargadir nimalarnidir örgatib qöyayotganga öxshaydi. Bevofo dunyodan köngling sovuydi. Muammolari-yu muvaffaqiyatlariga qöl siltaging keladi. Navoiy bobo «Xazoyinul-maoniy» devorida bitganidek:

Davron guli-yu gulshani xorig’a arzimas, Gulgun mayi baloyi xumorig’a arzimas. Ming yil kishi jahon eliga qilsa shohliq, Bir dam alar ihonatu orig’a arzimas...

Chuqurroq ketsang, tarkidunyo tönini kiyib, taraqqiyotga tushov böladigandek körinasan. «Ertaga öladigandek oxirat uchun, abadiy yashaydigandek dunyo uchun harakat qil» degan öktam iborani eslab dadillanasan. Yana nimalargadir intilishni boshlaysan, to boshing devorga urilib, g’urra bölgunicha. Keyin peshonangni silab ötirib, og’riqning zöridan yana dunyoning jon kuydirishga «arzimas»ligini anglab qolasan.

Unda nima uchun yashab, öqib, yozib yuribman? Qozoq shoiri Abay айtganidek, «Men ölanni yozmayman ermak uchun» desam, rost aytayotgan bölamanmi?

ARQONINGIZ MUSTAHKAMMI?

Zamonaviy dunyoda köpchilik norasmiy jurnalistga aylandi. Farzandini yaqindagina dunyoga keltirgan ona va bolaning surati ular tug’ruqxonadan chiqqunicha yer sharini necha bor aylanib keladi. Shu qadar berilib ketganlar paydo böldiki, kimdir ölsa, janozadan tortib mozorining suratigacha internetga joylashtiradi. Ketidan uzun «vido xati» yozadi. Göyo ölik qabrida telefon kovlab yotadigandek.

Öqisangiz eslab qolishga, qayd qilishga, ibrat olishga oshiqadigan voqea va tsitatalarning sanog’i yöqdek. Ular uchun qimmatli umringdan boj tölaysan. Hech vaqo yodingda qolmaydi.

Nega?

Jennifer Lopez degani geldi, minglab odamlar falon pul tölab konsertiga tushdi. Ziyolilar nega odamlarni tekinga jamlay olmayapti? Gap ziyolidami yoki olomonning ma’naviy ahvolidami? Qalblarga mutolaaga muhabbat urug’ini qadab chiqish uchun nima qilish kerak? Qachon kitob odamlarni ma’naviyat bilan bog’lovchi rishta – mustahkam arqonga aylanadi? Qanday qilsak odamlarning darajasi bilim va qobiliyati bilan ölchanadi?

Jamiyat ahli ilmining obrusi va Hashamatini körgan yoshlarning bilim olishga rag’bati oshishini unutib qöydi. Muntasam izlanishlargina hayotda öz sözini aytadi. Bunday millat har qanday muammoni bartaraf qilib, hamisha ilg’orlar safida turishga kuch topadi.

Bugun bu tuyg’ulardan qanchalar olislab ketdik!?

QIRQ KUNDA KUCHGA KIRGAN BIR JUMLA

Ilm bilan amal vobasta bölsa gina, yozganlarimiz ta’sirli böladi. Olimning kuchi bilimida emas, amalida.

Bir ona farzandini Imom G’azzoliy huzuriga olib kelib: «Ustoz, bolam shirinlikni juda köp eydi. Unga nasihat qilib qöysangiz», debdi. Olim qirq kun muhlat sörabdi. Belgilangan kuni ona bolasini olib kelibdi. Ulug’ alloma: «Shirinlikni köp eyish sog’liqqa zarar. Kamroq e», debdi.

Bola bosh irg’ab, rozi bölibdi. Ona hayron bölibdi: «Shu gapni qirq kun oldin aytsangiz bölardi-ku. Nega kuttirdingiz?».

«Ösha paytda shirinlikni köp iste’mol qilardim. Qirq kun özimni tiydim. Nasihat amal bilan quvvatlanmasa, qalbga yetib bormaydi. Qur’oni karimda shunday bitilgan: “Ey iymon keltirganlar! Sizlar nega özlaringiz qilmaydigan narsani (qildik yoki qilamiz deb) aytursiz?!” (Saf surasi, 2-oyat)», – debdi G’azzoliy hazratlari.

Shunday ekan, yozganlarimiz ta’sir qilmasa, hasratdan ne naf? Bu haqida öylab, «omma uchun ijod qilish, köz nurini tökish, vaqt sarflash hayf» deydigan «ziyoli»larga yolg’on tasalli berishdan tiyilasan.

Hayotimga kuchli ta’sir qilgan asarlardan biri Navoiyning «Nasoimul-muhabbat» tazkirasi bölди. Kitob öttiz-qirq yosh oralig’imda meni Haq bilan bog’lovchi vositaga aylandi. Har tongni ushbu asar mutolaasi bilan boshlayman. Qalbim yorishib, dunyoni ayricha idrok etayotganimni his qilaman. Hayotimda kitobdagi mezonlar ishlay boshlaydi. Asabim buzilsa, dilim hufton bölsa, tazkirani öqiyman. Issiq choyda qand erib ketganidek dilimdagi g’ashliklar ariydi. Kuch-quvvatga tölib, kayfiyatim kötariladi.

Sizning shunday kitobingiz bormi?

MUQADDAS RICHAG

Dunyo muvozanatini, posangisini saqlab turuvchi asosiy manba – Qur’oni karim. Kitoblar inson tafakkurini tartibga solsa, Qur’on hayotning asl ma’nosi va mohiyatini anglatadigan ilohiy qölllanmadir.

Allohning ushbu qutlug’ arqonini mahkam tutganlar najotga erishmoqda. Payg’ambarimiz (s.a.v.): «Men sizlarga ikki narsani qoldirdim, ularni mahkam tutsangiz, hech qachon adashmaysiz: Allohning kitobi va mening sunnatim», deydilar.

Qur’oni karimning ilk oyati ham «Iqro» («Öqi») amri bilan boshlangan. Buyurilganiga amal qilsak kifoya. Imom Buxoriy bobomiz ta’kidlaganidek: «Ilmdan boshqa najot yöq va bölmagay!».

Aziz NORQULOV «Ma’naviy hayot» jurnalining 2026-yil 2-son