OLMONCHA HALOLLIK
#BIRNI_KO'RIB_FIKR_QIL OLMONCHA HALOLLIK Qadimda bir o'g'ri bo'lgan ekan. Bir kun podshohning saroyini tunashga tushibdi. Xazinani o'marmoqchi bo'lib, u yoq-bu yoqqa alanglasa, g'ira-shira qorong'...
#BIRNI_KO'RIB_FIKR_QIL
OLMONCHA HALOLLIK
Qadimda bir o'g'ri bo'lgan ekan. Bir kun podshohning saroyini tunashga tushibdi. Xazinani o'marmoqchi bo'lib, u yoq-bu yoqqa alanglasa, g'ira-shira qorong'ilikda bir nima yaltirab turganmish. «Hoynahoy, tilla bo'lsa kerak» deb o'ylab suyunib, yalab ko'rsa... tuz ekan. «Obbo, hay, bo'lar ish bo'ldi» debdi-da, «bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom» degan maqol esiga tushib, xazinadan quruq chiqib ketgan ekan.
Ajdodlarimiz o'zganing haqiga xiyonat qilmaydigan, ko'zi to'q, sabr qanoatli bo'lishgan. Amir Temur bobomiz lashkarlari bilan muhorabadan qaytayotganida bir qishloqdan o'tayotib, ovul etagida yastanib yotgan, mevalari g'arq pishib, yashnab turgan serhosil bog' ustidan chiqib qoladi. Mevalardan juda tatib ko'rgisi keladi. Shunda sohibqiron «agar men hozir bir dona olma uzib yesam, bu bog'dan asar ham qolmaydi» deya nafsini tiyib, bog'ning bevaqt xazon bo'lishiga yo'l qo'ymasdan yo'lida davom etgan ekan... ✅ Davomi...
Kanalga ulaning: https://t.me/Manaviy_hayot_jurnali