+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Manaviyat

Ashula bilan qo'shiqning farqi nimada?

1 oy avval 1 daqiqa o'qish 10 ko'rish
Ashula bilan qo'shiqning farqi nimada?

#NIGOH Ashula bilan qo'shiqning farqi nimada? Maqom hech qachon ommaviy san'at turi bo'lmagan. Uni xoslar kuylagan, xoslar tinglagan. Adabiyot, din va tarixdan tushunchasi bor odamgina maqo...

#NIGOH

Ashula bilan qo'shiqning farqi nimada?

Maqom hech qachon ommaviy san'at turi bo'lmagan. Uni xoslar kuylagan, xoslar tinglagan. Adabiyot, din va tarixdan tushunchasi bor odamgina maqomdan lazzat ola bilgan. Shu bois «Maqomni ilgari hamma eshitgan, hozir hech kim tinglamayapti» degan fikrlarga unchalik qo'shilmayman. Insonning yoshi ulg'ayib, o'zligini anglagach, unda mumtoz kuy-qo'shiqlarga rag'bat uyg'onadi.

Kamoliddin Rahimov «Tanovar»ning to'qqiz usulini kuylashni bilar edi. Shuningdek, «Nima uchun “Tanovar” deb ataladi?» degan savolni qo'yar va o'zi javob berardi. Tilimizga arab tilidan, fors tilidan kirgan so'zlar ko'p. Arab tilida «anvor» – nurlar degan ma'noni anglatadi. «Anvor» so'zining oldiga fe'l yasovchi «ta» old qo'shimchasini qo'ysak, u fe'lga aylanadi. Masalan, «kalom»ning «takallum»ga, «nuzzul»ning «tanazzul»ga, «rahm»ning «tarahhum»ga aylanishi. ✅ Davomi...

Kanalga ulaning: https://t.me/Manaviy_hayot_jurnali