“Ot ozig'i suvoriyga oziq bo'lmas”, “Ilk milliarder yozuvchi” – “Ma'naviy hayot” jurnalining yangi sonida nimalarni o'qiymiz?
“Yaponiyadagi bolalarga yo'naltirilgan “Dento Bunka” (an'anaviy madaniyat) ta'lim yo'nalishi maktab dasturining muhim qismi hisoblanadi. Bolalar kichik yoshidan milliy an'analar, urf-odatlar va madaniy meros bilan tanishtiriladi. Dasturning o'ziga xos jihati shuki, an'anaviy madaniyat majburiy fan sifatida o'qitiladi, darslar doirasida o'quvchilar choy marosimi, gul tuzish san'ati va xattotlik kabi amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etadi.” Falsafa fanlari doktori, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti xodimi Abduxoliq Tashanovning bugungi axborot asrida milliy kontentning ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalari “Har bir xalqning o'z ovozi bo'lsin” sarlavhasi ostida e'lon qilingan.
Ushbu matnni imloviy jihatdan xatosiz, to'liq kiril alifbosiga o'girdim:
“Oddiy maktab o'qituvchisining faqat dars berayotgan bilimigina emas, balki o'zini qanday tutishi, sinfga kirib kelishidan tortib salomlashishigacha, o'quvchilarning u yoki bu harakatiga munosabat bildirishigacha – bularning bari ustoz-shogirdlik yuzaga chiqishi uchun juda muhim. Agar bular hisobga olinmasa, odam ko'p narsa yo'qotadi. Chunki esi bor odam birovning xatosi bilan tarbiyalanadi. Esi yo'q odam boshini devorga bir urib, o'zining xatosi orqali tarbiyalanishiga to'g'ri keladi. Tamom esi yo'q odam esa boshini devorga qayta-qayta uraveradi-yu, o'zining xatosidan ham xulosa chiqarmaydi. Shu ma'noda, xavotiringizda haqiqatan ham jon bor, uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Uzilish yuzaga kelayapti ham.” Mazkur parcha adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori Qozoqboy Yo'ldoshev bilan bo'lgan “Qirq birinchi usul siri” suhbatidan olingan. Ustoz-shogirdlik munosabatlari, unutilayotgan qadriyatlar haqida so'z borgan suhbatning to'liq matni bilan “Ma'naviy hayot” jurnalining 2026 yil 2-sonida tanishing.
“Yaponiyadagi bolalarga yo'naltirilgan “Dento Bunka” (an'anaviy madaniyat) ta'lim yo'nalishi maktab dasturining muhim qismi hisoblanadi. Bolalar kichik yoshidan milliy an'analar, urf-odatlar va madaniy meros bilan tanishtiriladi. Dasturning o'ziga xos jihati shuki, an'anaviy madaniyat majburiy fan sifatida o'qitiladi, darslar doirasida o'quvchilar choy marosimi, gul tuzish san'ati va xattotlik kabi amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etadi.” Falsafa fanlari doktori, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti xodimi Abduxoliq Tashanovning bugungi axborot asrida milliy kontentning ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalari “Har bir xalqning o'z ovozi bo'lsin” sarlavhasi ostida e'lon qilingan.
“Yaponiya parlamenti binosiga tashrif vaqti qiziq bir jihat e'tiborimizni tortdi. Qonun chiqaruvchi idoraning markaziy zalida to'rtta supa o'rnatilgan ekan. Uchtasini Yaponiyada konstitutsiyaviy tuzum va parlament tizimi takomiliga ulkan hissa qo'shgan Ito Xirobumi (1841–1909), Itagaki Taysuke (1837–1919), Okuma Sigenobu (1838–1922) kabi atoqli arboblarning haykali band etgan. To'rtinchi supa esa bo'sh. Xo'sh, ramz-u timsollar tilida so'ylamoqning hadisini olgan yaponlar nima demoqchi? Nazarimda, bo'sh tagkursi siyosatda mukammallikka erishib bo'lmasligi, sarkor-u sardorlar mudom izlanish, sa'y-ko'shishda davom etmog'i lozimligiga ishora.” “Quyoshni ilk qarshilaydigan o'lka” maqolasida Sobirjon Yoqubovning Yaponiyaga sayohati davomidagi hayratlari bilan tanishasiz. Unda jonsarak xalqni buyuk millatga aylantirgan yozilmagan “qoidalar” qalamga olingan.
Jurnalning keyingi sahifalarida “Azim zotlar yurtiga muazzamlik yarashadi” (Anvar Boboyev), “Vatan sarhadlaring qarog'imdadir” (Shodmonqul Salom), “Ezgulik saboqlari” (G'afur Shermuhammad), “Ot ozig'i suvoriyga oziq bo'lmas” (Botu Alimov), “Otalar” (Sobir Jumayev) maqolalari va “Ilm va koinot chorrahasida” (Otabek Burhonov va Kamoliddin Ergashev bilan Shahnoza Rofiyeva) suhbatini o'qishingiz mumkin. Shuningdek, “Ramzlar ortidagi olam” (Bayram Ali), “Ilk milliarder yozuvchi” (Azim Ro'ziyev), “Qaltis savollarga nozik javoblar” (Hikmatulloh Toshtemirov), “Muvozanat posangisi” (Aziz Norqulov) mavzularida so'z boradi.
“Bugun biz iste'molchilar jamiyati bilan ro'baro' turibmiz! “Tezroq, ko'proq, yaxshiroq” deya navbat talashib turgan katta izdihomning qarshisidamiz. Bu izdihomni tashkil etuvchi kishilar ham, ularning beqiyos ishtiyoqi ham kecha yo bugun paydo bo'lmagan. Bu ijtimoiy holat bitta mamlakat yoki millat bilan chegaralanib qolmaydi ham. Jaloliddin Rumiyning ushbu hikmatli so'zlarini keltirsak, nima demoqchiligimiz yanada oydinlashadi: “Tanang otdir, ruhing uning suvoriysi, Ot ozig'i suvoriyga oziq bo'lmas”. Gap shundaki, biz otning qornini to'ydirayapmiz-u, uni boshqaradigan suvoriyni unutib qo'ymoqdamiz.” “Ot ozig'i suvoriyga oziq bo'lmas” maqolasidan olingan ushbu parchani jurnalning mazkur soniga xulosa o'rnida keltirdik. “Ma'naviy hayot”ni mutolaa qiling, suvoriy (ruh)ingizni-da oziqlantirib boring.
[(Jurnalni pdf o'qish)]