+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Manaviyat

NIMA QILMOQ KERAK?

1 oy avval 1 daqiqa o'qish 8 ko'rish
NIMA QILMOQ KERAK?

#KARVON_QO'NG'IROG'I NIMA QILMOQ KERAK? Ko'zdek qo'shnimiz o'ldi. Yon qo'shni esa istihola qilmadi. Hali tobut chiqmay, beshik to'yini yetti mahalla eshitgudek qilib boshlab yubordi. Mahalla kayvon...

#KARVON_QO'NG'IROG'I

NIMA QILMOQ KERAK?

Ko'zdek qo'shnimiz o'ldi. Yon qo'shni esa istihola qilmadi. Hali tobut chiqmay, beshik to'yini yetti mahalla eshitgudek qilib boshlab yubordi. Mahalla kayvonisi karnay ovozini pastlating deb tanbeh bergan edi, «Boboyniki to'y-ku...» deya kiprik qoqmay tirjaydi. Ilgariyam shundaymidik? Nazarimda, aziyatli kunlarda ko'ngilga yorug'lik inmasdi. Mahalla-ko'yda aza chiqib qolsa, yigirma o'ttiz kungacha hech kim to'y qilmasdi.

Erining topganiga qanoat qilmagan yosh ayol havas ko'yida begona yurtga yo'l oldi. Voyaga yetmagan ikki qizini eriga tashladi-yu ketdi. Ota alamzada, bir vaqtlar ichkilikdan hazar qilgan odam bora-bora usiz yashay olmaydigan darajaga yetdi. Natijada o'n to'rt yashar qiz uyidan chiqib ketdi. Maktabga ham bormaydi. Achinarlisi, na ota-ona, na maktabdagilar va na qarindosh-urug' «Onasiz qanday yashayapsan?» deb so'raydi. Qiz o'n besh yoshida tug'di. Ana endi hamma oyoqqa turdi.
✅ Davomi...

Kanalga ulaning: https://t.me/Manaviy_hayot_jurnali