+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Manaviyat

NEKI KO'NGILDA KECHAR, TABIATGA HAM KO'CHAR

3 hafta avval 1 daqiqa o'qish 34 ko'rish
NEKI KO'NGILDA KECHAR, TABIATGA HAM KO'CHAR

#NAVRO'Z_GURUNGLARI NEKI KO'NGILDA KECHAR, TABIATGA HAM KO'CHAR – Navro'zni Odam ota va momo Havo haqidagi tasavvurlar singari qadimiy desak to'g'riroq bo'lardi. Inson avval kuzatgan, angla...

#NAVRO'Z_GURUNGLARI

NEKI KO'NGILDA KECHAR, TABIATGA HAM KO'CHAR

– Navro'zni Odam ota va momo Havo haqidagi tasavvurlar singari qadimiy desak to'g'riroq bo'lardi. Inson avval kuzatgan, anglagan – quyosh qachon chiqadi, qay payt botadi; kun-tun qanday uzayib, qisqaradi. Bu anglamdan tashqari, qon xotirasida saqlanadigan bilim-ko'nikmalar ham bor. Ya'ni, inson ilhom orqali oladigan ulkan bilimga tegishli yaxlit xulosalar ham mavjud. Navro'z insonning o'zi anglab yetgan va unga anglatilgan bilimlar xulosasi, xotiralar majmuidir.

Go'ro'g'li va Rayhon yashovchi hududlarni daryo ajratib turadi. Ularning makoni o'z va o'zga dunyo sifatida aniq belgilari bilan ko'rsatiladi. G'ayritabiiy kuch vakillari daryoning narigi tomonida yashaydi. O'zga olam fuqarolari ayri tuyoqli deyiladi, yovvoyi sifatida baho oladi. Dostonda qahramonlar tasviri va kurashi mag'zida ham yoz bilan qish munosabatining izohi turibdi.

✅ Davomi...

Kanalga ulaning: https://t.me/Manaviy_hayot_jurnali