+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Manaviyat

Ertaklar olamida yashadim

2 oy avval 1 daqiqa o'qish 12 ko'rish
Ertaklar olamida yashadim

#OTALAR_VA_QIZLAR Ertaklar olamida yashadim Tun otam uchun ijod pallasi edi. Kechasi onamdan yashirincha tungi kiyimda ijodxonaga kirib o'tirib olardim. Otam ijodxonadagi sandiqcha ustiga k...

#OTALAR_VA_QIZLAR

Ertaklar olamida yashadim

Tun otam uchun ijod pallasi edi. Kechasi onamdan yashirincha tungi kiyimda ijodxonaga kirib o'tirib olardim. Otam ijodxonadagi sandiqcha ustiga ko'rpacha to'shab, meni choponiga o'rab o'tqizib qo'yardi. Otamning asar yozar chog'i butun dunyodan uzilib, qahramonlari bilan yashayotganidagi ruhiy kechinmalarini jimgina kuzatardim. Ana shu issiqqina chopon bag'rida u kishining ijodiy pallalariga guvoh bo'lganman.

Otam o'zbek milliy taomlarini yaxshi ko'rardi. Ayniqsa, manti, yupqa va qatlamani sevib yer edi. Boshqa yurtlarga safarga borsa, u yerlarning taomini yemay, o'zi bilan olib ketgan qazi, patir, mayizdan oz-ozdan tamaddi qilib yuraverardi. Otamning jomadonida har doim bir quti hind choyi va elektr suv qaynatgich bo'lgan.

✅ Davomi...

Kanalga ulaning: https://t.me/Manaviy_hayot_jurnali