+998 99 554 41 15  ·  info@manaviyhayot.uz Jurnal haqida Kontakt UZ ЎЗ RU EN
Tahliliy

Eshiklar ochiq, ammo...

3 kun avval 4 daqiqa o'qish 18 ko'rish

Globalashuv davrida yashayapmiz. Bu shunday davrki, har tomondan har soniyada yuzlab yot sözlar suqilib kirishga harakat qiladi. Ular begona ötga öxshaydi, lug’atimizdan joy olish uchun ba’zan önlab öz sözlarimizni siqib chiqarib, tilimizda ildiz otadi. Kimdir «nima qilibdi, qancha köp yangi söz qöshilsa, nutqimiz shuncha boy böladi» deyishi mumkin. Albatta, tildan tilga sözlarning ötishi azaldan bor hodisa, uni inkor qilib bölmaydi. Ammo boshqa tillardan sözlarning kirib kelishida ham muayyan chegara, me’yor bölishi shart. Bu jarayonda me’yor buzilsa, til yamoq tushgan matoga öxshab qoladi, tilga e’tiborsizlik qilsak, bu yamoqlar tilimizni butunlay qoplab, asl qiyofasini buzib qöyishi ham mumkin. Shu bois bugun til himoyasida qattiqroq turish kerak.

Eshiklar ochiq, ammo...

Breket (ing. bracket) – odam tishlarining tög’ri ösishi va tekis bölishiga yordam beradigan tibbiy jihöz.

Dedlayn (ing. deadline) – biror vazifa, loyiha yoki hisobotning oxirgi muddati.

Kriptovalyuta (ing. cryptocurrency) – faqat internetda mavjud bölgan, markazlashmagan, hukumat yoki banklar nazorat qilmaydigan raqamli (virtual) valyuta.

Penablok (lot. spūma) – tsement, qum, suv va maxsus köpikli vosita arashmasidan tayyorlanadigan g’isht körinishidagi engil, issiqlikni yaxshi saqlaydigan qurilish materiali.

Penya (lot. poena) – moliyaviy majburiyatlar öz vaqtida bajarilmagani uchun qöllanadigan iqtisodiy jazo.

Probel (rus. белый) – matnda qatorlar, sözlar va harflar orasida qoladigan böshliq.

Revansh (frants. revanche) – urush va öyindagi mag’lubiyat uchun olinajak öch yoki qasos.

Reels (ing. reel) – ijtimoiy tarmoqlardagi uzunligi oltmish soniyadan oshmaydigan videolar.

Hostel (lot. hospes) – oshxona, hammom va xonasi umumiy bölgan vaqtinchalik arzon mehmonxona (yotoqxona).

Emoji (japon. 絵, 文字) – elektron yozishmalarda tuyg’u, holat va ma’noni ifodalovchi hissiyotli belgilar.

Filologiya fanlari nomzodi, shoir Abduvohid HAYIT

Аvvalo bu mavzuda ikki og’iz sözim:

Globalashuv davrida yashayapmiz. Bu shunday davrki, har tomondan har soniyada yuzlab yot sözlar suqilib kirishga harakat qiladi. Ular begona ötga öxshaydi, lug’atimizdan joy olish uchun ba’zan önlab öz sözlarimizni siqib chiqarib, tilimizda ildiz otadi. Kimdir «nima qilibdi, qancha köp yangi söz qöshilsa, nutqimiz shuncha boy böladi» deyishi mumkin. Albatta, tildan tilga sözlarning ötishi azaldan bor hodisa, uni inkor qilib bölmaydi. Ammo boshqa tillardan sözlarning kirib kelishida ham muayyan chegara, me’yor bölishi shart. Bu jarayonda me’yor buzilsa, til yamoq tushgan matoga öxshab qoladi, tilga e’tiborsizlik qilsak, bu yamoqlar tilimizni butunlay qoplab, asl qiyofasini buzib qöyishi ham mumkin. Shu bois bugun til himoyasida qattiqroq turish kerak.

Til qotib qolgan narsa emas, u mingyilliklar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan. Ayni paytda esa bu jarayon tezlashdi, shuning uchun har kuni yog’ilib kelayotgan xalqaro söz va tushunchalarni shunchaki qabul qilish emas, imkon qadar ularning muqobillarini yaratishga harakat qilmog’imiz zarur. Bu borada imkoniyatlarimiz juda keng, faqat undan foydalana olsak bölgani.

Va tavsiyalarim:

Breket – tasavvur qiling, agar bu jihözga umuman nom berilmagan bölsa, özbekcha sözlar bilan uni qanday tushuntirgan bölardik: «tishlarni tortib turadigan sim, moslama». Turk qardoshlarimiz shu mantiqdan kelib chiqqan shekilli, uni «diş teli», ya’ni «tish simi» deyishadi. Lekin hozir bu jihözning faqat sim emas, shaffof qolip va boshqa xil lari ham bor. Ya’ni, «breket» jihözning yagona baynalmilal nomi emas. Shundan kelib chiqib, uni özbek tilida ham bir emas, bir necha nomlar bilan atash mumkin. Misol uchun «tishsim», «ortodontik bog’ich», «tish tög’rilash moslamasi», «shaffof qolip» va hokazo.

Dedlayn – söngmuhlat.

Kriptovalyuta – hozir inglizcha «digital» yoki ruscha «цифровой» sözi örnida bizda «raqamli» sözi ishlatilayapti. Shunga körä bu sözni özbek tilida «raqamli pul birligi», «raqamli pul» deyish tög’ri deb öylayman. Agar «raqam» örnida «son» sözi ishlatilib, «sonli pul» deyilsa, yana ham özbekcharoq bölardi (turkchada «virtual» ma’nosida «sanal» sözi ishlatiladi), ammo özbek tilida «raqamli»ga könikildi.

Penoblok – özbek tilida «g’ovak», «g’alvirak» kabi ajoyib sözlarimiz bor. «G’ovak yog’och», «g’ovak tosh», «g’ovak yer»... Shu bois ruscha «penoblok»ni özbek tilida bemalol «g’ovakg’isht» deyishimiz mumkin.

Penya – «moliyaviy jarima», qanday jarimaligi tagmatndan anglashilsa, shunchaki «jarima» deb qöllash ham mumkin menimcha.

Probel – özbek tilida «bösh joy», «böshliq» degan ma’qul, chunki köpgina tillar, misol uchun ingliz (space), frantsuz (espace) tillarida ham shu tarzda ishlatiladi.

Revansh – frantsuzcha revanche sözi «öch», «qasos» ma’nolarini bildiradi. Ammo boshqa tillarda siyosat va sportga oid atama sifatida ishlatilgani uchun unga muqobil sifatida bizdagi «öch», «qasos» sözlarini qöllab bölmaydi. Atama sifatida u XIX asrning etmishinchi yillarida Frantsiyada revanshizm siyosiy harakatining paydo bölishi bilan shakllana boshlagan. Bu siyosiy harakatning maqsadi Frantsiya – Prussiya urushida Olmoniyaga ötib qolgan Frantsiya erlarini qaytarib olish bölgan. Keyinchalik revanshizm boshqa mintaqalarga ham köchgan va köpincha bosqinchilik ma’nosini ifodalagan. Menimcha, özbek tilida «revansh» sözi ma’nolarini töla ifodalaydigan yaxlit atama shaklidagi muqobilni topish qiyin. Öylaymanki, uni «majburan» tilimizga kiritishga ham hojat yöq. Shu bois özbek tilida jumladagi ma’nodan kelib chiqib «revansh» örnida «qayta bellashuv», «qaytarib olish», «qasos», «öch» kabi turli söz va iboralardan foydalanish maqsadga muvafiq.

Reels – menimcha, «Tik-Tok» kabi bu sözni ham tarjimasiz qabul qilishga tög’ri keladi.

Hostel – ilgari mehmon qabul qilinadigan xona va maxsus binolar «qönoqxona» deyilgan. Hozir mehmonxona deganda muhtasham binolarni köz oldimizga keltiramiz, qönoqxona esa nisbatan kichikroq hostel yoki motelga ma’no jihatidan mos keladi. Kelajakda Özbekistonda sayohatchilar oqimi ortgani sari, öylaymanki, bu kabi kichik qönimgohlar ham köpayib boradi. Agar ularni «qönoqxona» yoki «qönoquy» desak, bu bilan unut bölayotgan sözimizni iste’molga qaytargan bölardik.

Emoji – emoji.

Bayram ALI tayyorladi. «Ma’naviy hayot» jurnali. 2026-yil 1-son.